Jamiyat | 23:13 / 27.06.2020
8573
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda matbuotchilar kuni nishonlandi

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Andijonda bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Andijon viloyat hokimligi tomonidan sohaning faol hamda faxriy vakillari uchun viloyat bo‘ylab press-tur tashkil etildi. Jurnalistlar Andijon shahrida faoliyat boshlagan “Raqamli shahar”da, Muhammad Yusuf ziyoratgohida bo‘ldilar.

Marhamat tumanida Erkin Vohidov nomidagi “Shaxmat maktabi”ning ochilish marosimida ishtirok etib, yangi sport maktabida yoshlarning shaxmat va voleybol bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoit bilan tanishishdi.

Shundan so‘ng mazkur maktabning anjumanlar zalida Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirokida bayram munosabati bilan tashkil etilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda sohaning ilg‘or vakillari viloyat hokimligining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.  

KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov

 

Mavzuga oid