Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Janubiy Koreyaning G7 sammitida ishtirok etishiga qarshi chiqdi - OAV
Yaponiya AQShni Janubiy Koreyaning “Katta yettilik” sammitida ishtirok etishiga qarshi ekanligidan xabardor qildi. Kyodo nashrining Yaponiya hukumatidagi manbaga tayanib xabar berishicha, Tokio Seul va G7’ga a'zo davlatlar o‘rtasida turli fikrlik borligi sababli bu qarorga kelgan.
Ta'kidlanishicha, Tokio AQSh prezidenti Donald Tramp G7 formati eskirib qolgani va sammitga bir nechta boshqa davlatlarni, jumladan Janubiy Koreyani taklif qilmoqchiligini aytgandan keyin o‘z noroziligini bildirgan. Yaponiya bunga asos sifatida Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In ma'muriyatining pozitsiyasi “Xitoyni qo‘llab-quvvatlashi”, Shimoliy Koreya masalasi bo‘yicha esa “yettilik” davlatlarinikidan tarqoq ekanini keltirgan.
Yaponiya Trampning tashabbusi bo‘yicha rasmiy bayonot bermagan, chunki bu AQSh prezidentining faqatgina o‘ylari bo‘lishi va aslida sammitga hech qanday yangi a'zolar taklif qilinmasligi mumkin. Shuningdek, Tokio Seulning ishtirokiga qarshi chiqayotganiga Yaponiya Janubiy Koreyaning ishtirokidan keyin “yettilik”da Osiyoning yagona vakili maqomini yo‘qotishi mumkinligi sabab hisoblanadi.
30 may kuni Oq uy Tramp G7 sammitini iyundan sentyabrga ko‘chirishini va unga Rossiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Hindistonni taklif qilmoqchiligini ma'lum qilgan. Kanada va Britaniya G7’ning Rossiya hisobiga kengaytirilishiga qarshi chiqqan, Janubiy Koreya va Avstraliya Trampning taklifini qabul qilgan.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
20:02 / 24.05.2025