Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus: Janubiy Koreya O‘zbekistonga 5 million dollar ajratadi
Janubiy Koreya hukumati O‘zbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish uchun 5 million dollar miqdorida «keng qamrovli shoshilinch yordam» ko‘rsatishga qaror qildi. Bu haqda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi Kun.uz’ga xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu munosabat bilan Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning Toshkentdagi vakolatxonasi va O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘rtasida ushbu dasturni imkon qadar tezroq amalga oshirish uchun o‘zaro anglashuv memorandumi imzolash rejalashtirilmoqda.
Loyiha doirasida tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash, professional xodimlar malakasini oshirish, COVID-19 haqida ma'lumot beradigan mobil ilovalarni ishlab chiqish va ijtimoiy himoyaga muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash kabi koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish bilan bog‘liq barcha sohalarda turli tadbirlar o‘tkaziladi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi maxsus strategik sheriklik doirasida Koreya Respublikasi O‘zbekistonga COVID-19 inqirozini birgalikda yengib o‘tish maqsadida bunday yordam taqdim etmoqda. Ushbu loyiha faqat kam sonli mamlakatlar uchun taklif qilingan.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:14 / 05.05.2025