Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST Qirg‘iziston va Qozog‘istonni koronavirus jadal tarqalayotgan davlatlar qatoriga kiritdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Qirg‘iziston va Qozog‘istonni koronavirusga chalinganlar soni jadal o‘sayotgan davlatlar toifasiga kiritdi.
“Oxirgi 2 haftada kamida 30 davlat yoki hududda koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar ko‘paydi. Bu davlatlardan 11tasida koronavirus tarqalishi jadallashishi ko‘plab yangi kasallanish holatlariga olib keldi. Agar bu holatlar e'tiborsiz qoldirilsa, ular yana sog‘liqni saqlash tizimini xavf ostiga qo‘yadi”, deb aytgan JSSTning Yevropa byurosi direktori Xans Klyuge.
JSST bayonotiga ko‘ra, virus jadal tarqalayotgan davlatlar toifasiga, shuningdek, Ozarboyjon, Armaniston, Ukraina, Moldova, Albaniya, Shimoliy Makedoniya, Bosniya va Gersegovina, Kosovo va Shvetsiya kiritilgan.
Umumiy hisobda JSSTning Yevropa byurosi 54 ta davlatni qamrab olib, ular qatoriga Qirg‘iziston va Qozog‘iston ham kiradi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi
20:42 / 20.05.2025