Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urgutda ham OTM tashkil etiladi
Samarqand viloyati hokimining 2020 yil 1 iyuldagi qaroriga ko‘ra, Urgut tumanidagi iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji o‘rnida Samarqand davlat universitetining filiali tashkil etiladi.
Samarqand davlat universiteti qabul komissiyasining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha Urgutdagi filial 2021-2022 o‘quv yilidan talabalarni qabul qiladi. Ungacha filial uchun ajratilgan kollej oliy ta'lim standartlariga muvofiq qayta ta'mirlanib jihozlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Urgut tumani aholi soni bo‘yicha mamlakatimizda 1-o‘rinda turadi va bu yerda qariyb 600 ming odam yashaydi. Aholi soni ko‘pligiga qaramasdan bu tuman yoshlarining OTMga kirib o‘qish natijasi mamlakatda eng past ko‘rsatkichlarda bo‘lib kelyapti.
Bundan tashqari, qarorga ko‘ra Urgut tumanida faoliyat ko‘rsatgan Samarqand davlat universitetining 3-akademik litseyi joylashgan bino va inshootlar universitet huzurida aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan iqtidorli o‘quvchilar maktabini tashkil etish uchun ajratiladi.
Mavzuga oid
08:44 / 25.02.2025
2,4 gektar yerni 95 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
10:54 / 02.08.2024
Urgutda yo‘ldan o‘tayotgan 3 yoshli bola Cobalt urib ketishi oqibatida vafot etdi
22:17 / 29.07.2024
Samarqandda sodir bo‘lgan mudhish «avariya»da uch kishi hayotdan ko‘z yumdi
10:27 / 25.08.2023