Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus sababli Qozog‘istondagi ikkita shahar karantinga yopiladi
Butun karantin choralari davrida Sharqiy Qozog‘iston oblastida 135 kishi kasallangandi. Iyun oyida esa bu raqam 710taga yetdi.
Koronavirus tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 5 iyuldan Qozog‘istondagi Ust-Kamenogorsk va Semey shaharlari karantinga yopiladi. Bu haqda Sharqiy Qozog‘iston oblasti hokimi Danial Axmetov ma'lum qildi.
"Eng salbiy ssenariyga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, 5 iyuldan Ust-Kamenogorsk va Semey shaharlarini yopamiz, odamlar va transport harakatini minimumga tushiramiz. Bularning barchasi koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish uchun qilinmoqda. Butun karantin choralari davrida oblastda 135 kishi kasallangandi. Iyun oyida esa bu raqam 710taga yetdi va oshishda davom etmoqda", - deb yozdi Axmetov o‘zining Instagram sahifasida.
Uning qayd etishicha, bu shaharlarda korxonalar, oziq-ovqat do‘konlari, dorixonalar, banklar, aholiga xizmat ko‘rsatish markazlari ishlashda davom etadi.
Qozog‘istonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 44 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 188 kishi vafot etgan. Respublikada 5 iyuldan ikki haftalik qo‘shimcha cheklov choralari joriy etiladi.
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
17:32 / 25.02.2025