Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qariyb 19 mln so‘mlik isitish radiatorlarini o‘g‘irlab ketgan ishchilar ushlandi
Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 29 iyun kuni Termiz shahrida yashovchi M.B. Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati.
U 21 iyun kuni mas'uliyati cheklangan jamiyatga qarashli, tumanning “Qahramon” mahallasi hududida joylashgan “Namuna 100 ga issiqlik kompleksi” hududidagi issiqxonalarning biridan 13 dona jami 18.850.000 so‘mlik “MS-05001” rusumli isitish radiatorlarini noma'lum shaxslar o‘g‘irlab ketganligini bildirgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ushbu jinoyatni MChJ ishchilari, Termiz tumanida yashovchilar Z.R., A.A., T.J. va Sh.E. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan va ashyoviy dalil olingan.
Joriy yilning 1 iyul kuni Z.R., A.A., T.J. va Sh.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
07:56 / 09.04.2025
Termizda Afg‘oniston fuqarolari uchun stomatologiya klinikasi filiallari ochilishi mumkin
14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi
16:29 / 06.03.2025