Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berlinda metro bekati nomi «irqchilikka aloqador tagma'no» tufayli o‘zgartiriladi
Berlindagi BVG transport kompaniyasi «Morenshtrasse» (Mohrenstraße) metro bekati nomini «Glinkashtrasse» (Glinkastraße — «Glinka ko‘chasi») deb o‘zgartirishni rejalashtirmoqda, sababi bekat nomidagi tagma'no tufayli munozaralar kelib chiqdi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.
«Mohren» so‘zi qora tanlilarni ifodalovchi eskirgan tushunchadir. Ko‘cha nomi Afrikadan olib kelingan qullar bu hududda joylashtirilgan vaqtlarga ishora qiladi, deb yozadi Der Tagesspiegel gazetasi.
BVG «ko‘chaning nomi bo‘yicha bahs-munozaralarni tushungani hamda hurmat qilgani sababli» metro bekati nomini o‘zgartirishga qaror qildi, deyiladi bayonotda. Endi stansiya rus bastakori Mixail Glinka (1804-1857) sharafiga atalgan qo‘shni Glinka ko‘chasi nomini oladi.
«Aniq pozitsiyaga ega kompaniya va poytaxtdagi eng yirik ish beruvchilardan biri bo‘lgan BVG irqchilik yoki boshqa kamsitish holatlarining har qanday ko‘rinishidan voz kechadi», - deyiladi kompaniya xabarida.
Bekat nomini o‘zgartirish sanasi keyinroq e'lon qilinadi.
Die Welt gazetasining yozishicha, so‘nggi yillarda Morenshtrasse ko‘chasini qayta nomlash masalasi bir necha bor ko‘tarildi. Buni, xususan, «Germaniyadagi qora tanlilar uchun tashabbus» jamoat tashkiloti talab qilmoqda. AQShda afroamerikalik Jorj Floydning vafotidan keyin boshlangan irqchilikka qarshi namoyishlar fonida bu bahs yana tiklandi.
Mavzuga oid
14:15 / 08.05.2025
Rossiya Berlindagi Karnegi markazi direktorini qidiruvga berdi
10:45 / 18.04.2025
Berlinda vokzallar va transportda pichoq olib yurish taqiqlanadi
14:49 / 10.02.2025
Berlinda - Germaniya siyosatidagi o‘ng burilishga qarshi yurish
11:34 / 01.01.2025