Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada kuchli yomg‘irlar davomida 18 kishi halok bo‘ldi
Yaponiyaning janubi-g‘arbida kuchli yomg‘irlar davomida 18 kishi halok bo‘ldi, 7 kishi bedarak yo‘qoldi, bir kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Ta'kidlanishicha, qurbonlarning ko‘pchiligi Kumamura posyolkasidagi qariyalar uyida yashagan bo‘lib, qariyalar uyi daryoning toshishi oqibatida suv ostida qolgan. Voqea joyiga kelgan qutqaruvchilar 14 kishining jasadini chiqarib olishgan.
Kumamoto va Kagosima prefekturalaridagi 200 mingga yaqin odamga evakuatsiyalanish tavsiya qilingan. Kuchli yomg‘irlar daryolarning toshishiga, ko‘chkilar va katta hududlarning suv ostida qolishiga olib kelgan. Tabiiy ofat Kumamotoda 6 mingdan ko‘proq uyni elektr ta'minotisiz qoldirgan.
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe tabiiy ofat hududiga 10 mingga yaqin harbiy jo‘natgan. Ular mahalliy qutqaruvchilarga yordam ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025