Jahon | 13:50 / 06.07.2020
4435
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada koronavirus yuqtirganlar soni 1,6 milliondan oshdi

Braziliyada bir kunda koronavirusdan qurbon bo‘lganlar soni 602 kishini tashkil etdi. Bir kecha-kunduzda virusni yuqtirganlar soni 26051 kishiga ko‘payib, 1 603 055 kishiga yetgan. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining yakshanba kuni e'lon qilgan ma'lumotlarida shu haqda so‘z yuritilgan. 

Foto: EPA-EFE/Sebastiao Moreira

Umuman, mamlakatda koronavirus infeksiyasi qayd etilganidan buyon ushbu xastalikdan 64 867 kishi hayotdan ko‘z yumgan. 906 ming bemor tuzalgan

Mamlakatning San-Paulu, Rio-de-Janeyro, Espiritu-Santu va Minas-Jyerays shtatlari joylashgan janubi-sharqiy mintaqalari Braziliyada infeksiya tarqalayotgan hududlar hisoblanadi. Bu yerda 553 mingdan ortiq virus yuqtirganlar bor va 29 750 bemor vafot etgan. Mamlakat shimoli-sharqidagi 9 shtatda 547 ming kishida virus aniqlangan, 20 957 inson hayotdan ko‘z yumgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid