Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karlos Gon o‘zining Yaponiyadan Livanga qochishini tashkillashtirgan shaxsga 862 ming dollar o‘tkazgani ma'lum bo‘ldi
Piter Teylor va uning otasi Maykl Teylor Gonning Yaponiyadan qochishiga yordam berishda gumonlanib AQShda qo‘lga olingandi.
Renault-Nissan-Mitsubishi alyansi sobiq rahbari Karlos Gon uning Yaponiyadan Livanga qochishini tashkillashtirishda gumonlanayotgan Piter Teylorning kompaniyasiga 862,5 ming dollar o‘tkazgan. Bu haqda Massachusets federal sudiga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.
Bu mablag‘ 27 yoshli Piter Teylor va uning ukasi boshqaradigan Promote Fox LLC kompaniyasiga o‘tgan yil kuzida bo‘lib-bo‘lib o‘tkazilgan. Kompaniya hisob raqamiga dastlab 540 ming, so‘ngra 322,5 ming dollar kelib tushgan.
Agentlikning qayd etishicha, Piter Teylor va uning otasi Maykl Teylor Gonning Yaponiyadan qochishiga yordam berishda gumonlanib AQShda qo‘lga olingandi. Ular Yaponiyaga ekstraditsiya qilinishi mumkin.
Yaponiyada Karlos Gon korporatsiya pullarini sarflab yuborish, ishonchni suiiste'mol qilish va real daromadlarni yashirishda ayblanmoqda.
Tokioda uy qamog‘ida bo‘lgan Gon dekabr oxirida Yaponiyadan Livanga qochib ketgandi.
Mavzuga oid
23:35 / 15.11.2024
Fransiya prokuraturasi madaniyat vazirini sudga topshirishni talab qildi
20:04 / 23.11.2020
BMT Yaponiyadan Nissan sobiq rahbariga kompensatsiya to‘lashni talab qildi
14:34 / 22.01.2020
Karlos Gon Nissan 2-3 yil ichida bankrot bo‘lishini aytdi
19:30 / 09.01.2020