Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo AQShni COVID-19ga qarshi kurashda "jahon yetakchisi" deb atadi
Avvalroq prezident Donald Tramp Shtatlarning COVID-19ni aniqlash va davolashdagi yutuqlariga ishora qilib, AQSh pandemiyaga qarshi kurashda jahonda yetakchi ekanligini aytgandi.
AQSh koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda jahonda yetakchi hisoblanadi, degan fikrda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo.
"Albatta, AQSh jahon pandemiyasiga qarshi kurashda yetakchi bo‘lib qolmoqda. AQSh nafaqat global pandemiya, balki jahon sog‘liqni saqlash infratuzilmasi va institutlari borasida ham yetakchi bo‘lgan va yetakchi bo‘lib qoladi", - dedi u.
Avvalroq prezident Donald Tramp ham Shtatlarning COVID-19ni aniqlash va davolashdagi yutuqlariga ishora qilib, AQSh pandemiyaga qarshi kurashda jahonda yetakchi ekanligini aytgandi.
AQSh koronavirus yuqtirish va o‘lim holatlari soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Jons Hopkins universitetining ma'lumotiga ko‘ra, AQShda koronavirus yuqtirganlar soni 3 milliondan oshgan, 132 mingga yaqin kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025