Jahon | 20:15 / 10.07.2020
6881
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh oliy sudi Oklahoma shtatining yarmini hindular yeri deb tan oldi

Mazkur hududda yashovchi hindu qabilalari a'zolari Oklahoma budjetiga soliq to‘lash majburiyatidan ozod qilinadi.

Oklaxoma hindulari / Foto: AFP

AQSh oliy sudi Oklahoma shtatining yarmini tub amerikaliklarga tegishli deb tan oldi. Bu haqda sud qaroriga asoslanib BBC News xabar berdi.

Oliy sud qaroriga muvofiq, endilikda Oklahoma shtatining sharqiy hududlari hindular yeri deb hisoblanadi. Qayd etilishicha, ushbu hududda 1,8 mln kishi yashaydi, ularning 15 foizi tub amerikaliklardir. 

Endi Oklahomaning sharqiy qismida yashaydigan tub amerikaliklarni jiddiy qonunbuzarliklari uchun shtat sudi emas, federal sudlar sud qilishi mumkin. Bundan tashqari, mazkur hududda yashovchi hindu qabilalari a'zolari Oklahoma budjetiga soliq to‘lash majburiyatidan ozod qilinadi.

Mavzuga oid