Istanbuldagi Ayo Sofiya muzey-ibodatxonasi masjidga aylantirildi
Turkiya davlat kengashi (oliy ma'muriy sudi) Istanbuldagi Ayo Sofiya ibodatxonasini muzeyga aylantirish to‘g‘risidagi 1934 yilda chiqarilgan qarorni bekor qildi. Bu haqda CNN Turk telekanali xabar berdi.
"Turkiya davlat kengashi Ayo Sofiya ibodatxonasini muzeyga aylantirish to‘g‘risidagi 1934 yilda chiqarilgan qarorni bekor qildi", - deyiladi telekanal xabarida.
Telekanalning qayd etishicha, endilikda Ayo Sofiyadan masjid sifatida foydalanish mumkin.
Shuningdek, xabar qilinishicha, bugun Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ayo Sofiya ibodatxonasini masjidga aylantirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Hayırlı olsun. pic.twitter.com/MzP6nzn9Jc
— Recep Tayyip Erdoğan (@RTErdogan) July 10, 2020
29 may kuni, Konstantinopolning qulashi sanasi munosabati bilan Ayo Sofiya ibodatxonasida Qur'on tilovat qilindi. Oradan bir hafta o‘tgach, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Adolat va taraqqiyot partiyasi markaziy qo‘mitasiga ibodatxonani masjidga aylantirish imkoniyatini o‘rganib chiqishni topshirdi.
Erdo‘g‘an o‘tgan yili Ayo Sofiya ibodatxona-muzeyining masjidga aylantirilishi AQSh prezidenti Donald Trampning Quddusni Isroil poytaxti va Jo‘lan tepaliklarini Isroilga tegishli deb tan olish haqidagi qaroriga javob bo‘lishini aytgandi.
Ayo Sofiya ibodatxonasi 1934 yilda Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturkning qarori bilan muzey maqomini olgan.
Mavzuga oid
20:33 / 31.10.2024
Turkiya Respublikasining 101 yilligini nishonlayotgan Istanbul – fotoreportaj
21:06 / 24.10.2024
Teraktdan so‘ng Turkiyadagi o‘zbekistonliklar hushyorlikka chaqirildi
18:42 / 10.09.2024
Firibgarlikda gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan shaxs Turkiyada ushlandi
11:22 / 06.09.2024