Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari Yaponiyadagi yetakchi universitetlarda grant asosida ta'lim olishlari mumkin
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining xabar berishicha, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Takasaka Muneo boshchiligidagi delegatsiyaning Toshkent shahridagi Prezident maktabiga tashrifi chog‘ida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari Yaponiyadagi yetakchi universitetlarda grant asosida ta'lim olishlari masalasi muhokama qilingan.
«Uchrashuv davomida mehmonlar agentlik va uning tarkibiga kiruvchi maktablar faoliyati bilan tanishishdi. Agentlik rahbari uchrashuv doirasida ikki tashkilot o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
O‘zbekiston tomonining fikriga ko‘ra, ikki agentlik ta'lim dasturlari va ta'lim sifatini takomillashtirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, yaponiyalik o‘qituvchilarni PIIMA tarkibiga kiruvchi maktablarga, jumladan yapon tilini o‘qitish uchun jalb qilish kabi masalalarda hamkorlik qilishlari mumkin.
Tomonlar PIIMA maktablari bitiruvchilarining Yaponiyaning yetakchi universitetlarida ta'lim olishlarini, jumladan yapon tomoni grantlari hisobiga tashkil qilish masalalarini muhokama qildilar.
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan JICAga O‘zbekistonda STEAM ta'limini rivojlantirish uchun o‘zaro hamkorlik taklifini ham berildi», deyiladi rasmiy xabarda.
Qayd etilishicha, Yaponiya tomoniga maktablar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish taklifi ma'qul keldi. Takasaka Muneoning ta'kidlashicha, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli hamma ayni paytda tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan barcha loyihalar muzlatilgan, shu sababli ikki tomonlama loyihalar bo‘yicha muhokamalarni COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq barcha cheklovlar yechilganidan so‘ng davom ettirish mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
18:16 / 15.05.2025