Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Ayo Sofiyaning masjidga aylantirilishini buyuk Turkiya tomon qadam deb atadi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbuldagi Ayo Sofiya muzey-ibodatxonasi maqomining o‘zgartirilishi va uning masjid deb e'lon qilinishini buyuk Turkiyani qurish tomon qadam deb atadi.
“Biz Ayo Sofiya maqomining o‘zgartirilishi haqidagi qarorni kimdir biz haqimizda nimadir deb aytishiga emas, balki xalqimiz fikriga asoslanib qabul qildik”, deb aytgan Erdo‘g‘an va mamlakat “buyuk va kuchli Turkiyani qurish tomon haq yo‘ldan borishni davom ettirishini” qo‘shimcha qilgan.
Turkiyaning oliy ma'muriy sudi - davlat kengashi 10 iyulda Ayo Sofiya ibodatxonasining muzeyga aylantirilishi haqidagi 1934 yildagi qarorni bekor qilgandi. Shundan keyin Turkiya prezidenti muzey-ibodatxonaning masjidga aylantirilishi va unda namoz o‘qish boshlanishi haqidagi farmonni imzolagan.
Ayo Sofiyaning masjidga aylantirilishi ko‘plab davlatlarda keskin munosabat keltirib chiqargan.
Ayo Sofiya ibodatxonasiga Vizantiya imperatori Yustinian tomonidan asos solinib, u 537 yil dekabrda ochilgan. Cherkov mingdan ko‘proq yil davomida nasroniy dunyosidagi eng katta ibodatxona bo‘lib kelgan. Usmoniylar 1453 yilda Konstantinopolni (hozirgi Istanbul) bosib olgach va Vizantiya imperiyasi qulagach, cherkov masjidga aylantirilgan. Biroq u 1934 yilda Turkiya davlati asoschisi Mustafo Kamol Otaturk dekreti bilan muzeyga aylantirilgan. Ayo Sofiya keyinchalik YuNeSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Mavzuga oid
15:02 / 23.05.2025
Istanbulda O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish masalasi muhokama qilindi
19:10 / 17.05.2025
Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi
13:33 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
18:23 / 16.05.2025