Jahon | 21:45 / 13.07.2020
8392
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda muhtojlarga iyul oyida 42500 tengedan to‘lanadi - To‘qayev

Mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishi sababli joriy etilgan favqulodda holat davrida, ikki oy mobaynida daromadini yo‘qotgan qozog‘istonliklar 42500 tengedan pul olgandi.

Foto: akorda.kz

Muhtoj qozog‘istonliklarga 42500 tengedan (103 dollar) pul to‘lanadi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘zining Twitter sahifasida ma'lum qildi.

To‘qayev shuningdek, mamlakatda karantin rejimi ikki haftaga uzaytirilishini bildirdi.

Mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishi sababli joriy etilgan favqulodda holat davrida, ikki oy mobaynida daromadini yo‘qotgan qozog‘istonliklar 42500 tengedan pul olgandi. Bu Qozog‘istondagi eng kam oylik maoshiga teng.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, respublikada koronavirus yuqtirganlar soni 60 mingga yaqinlashgan, 375 kishi vafot etgan.

Avvalroq Qosim-Jo‘mart To‘qayev qozog‘istonliklarning noma'lum zotiljamdan vafot etayotgani borasida xavotir bildirgandi.  

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid