Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sardobada suv toshqinidan zararlangan ikki masjid «Vaqf» fondi tomonidan qayta qurilmoqda
Ayni kunlarda Sirdaryo viloyatidagi suv toshqinidan zarar ko‘rgan «Alisher Navoiy» va «Yusuf» jome masjidlarini qaytadan qurish ishlari olib borilmoqda.
Masjidlar milliy obidalardan andoza olgan holda sharqona usulda quriladi. Loyihada namozxonlar sig‘imini ko‘paytirish, masjidni mo‘min-musulmonlarga har tomonlama zamonaviy va qulay qilib qurish, xavfsizlik jihatlariga alohida e'tibor berilgan.
Iyun oyida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov, Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev, «Vaqf» xayriya jamoat fondi rahbari Iskandar Xalilov va viloyat bosh imom-xatibi Habibulloh Zokirov Sardoba tumanida bo‘lib, ikkita jome masjidini qaytadan qurish ishlarini boshlash marosimida qatnashdi.

Muftiy Usmonxon Alimov masjidlar tamal toshini qo‘yib berib, qurilishga oq fotiha berdi. Muftiy boshchiligidagi bir guruh din peshvolari masjid qurilishiga moddiy va ma'naviy yordam berayotganlar haqqiga duo qildi.


Hozirda saxiy kishilar ko‘magi bilan masjidlarga poydevor qo‘yish ishlari bajarilmoqda.
Qurilish loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilmoqda, jarayonni «Vaqf» xayriya jamoat fondi kuzatib turibdi. 3-5 iyul kunlari Fond boshqaruv raisi Iskandar Xalilov Sirdaryo viloyatida bo‘lib, masjidlarning qurilish ishlari bilan tanishdi.



Masjid qurish, namozxonlar uchun qulay sharoit yaratib, obod etish – afzal amaldir. Zero, ushbu sadaqai joriyaning savobi inson vafotidan keyin ham to‘xtamay yetib turadi. Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kim Allohning roziligini tilab bir masjid qursa, Alloh jannatda unga o‘shaning mislini qurib beradi», deganlarini eshitganman». Boshqa bir rivoyatda «jannatda bir uy» deyilgan.
Mavzuga oid
08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi
17:59 / 18.04.2025
«Esingiz borida etagingizni yopib oling» - Turdimov xususiy korxonalar rahbarlarini soliqdan qochmaslikka chaqirdi
15:42 / 05.04.2025
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj
18:08 / 04.04.2025