O‘zbekiston | 01:07 / 14.07.2020
28038
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda koronavirus tekshiriladigan laboratoriyaning 4 xodimida virus aniqlangan

Qashqadaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining 4 nafar xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu haqda markaz axborot xizmati ma'lum qilmoqda.

Markaz vakiliga ko‘ra, oxirgi kunlarda tekshiruvdan o‘tkazishni so‘rab murojaat qiluvchilar soni oshgan.

«Markaz bir kunda 700 nafargacha bemor yoki koronavirusga gumonlanuvchidan test sinovlarini olib, tashxis qo‘yish imkoniyatiga ega. Pandemiya sharoitida murojaatlar esa bir kunda 4-5 ming atrofida. 

Darhaqiqat, Qashqadaryo viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga koronavirusga qarshi kurash sohasida kechayotgan jarayonlar ma'lum murakkabliklarni yuzaga keltirdi. Chunki koronavirus infeksiyasi o‘choqlarini aniqlash, aholini tezkor test sinovlaridan o‘tkazish imkoniyati chegaralangan.

Markazning 500ga yaqin xodimi xavfli virusning tahlili, dizenfeksiya ishlariga jalb qilingan. Bu jarayonda ongli ravishda ishtirok etib, virusni yuqtirib olish holatlari ham kuzatilmoqda. Xususan, 8 iyul kuni o‘tkazilgan tekshiruvlarda SEO markazining 4 nafar xodimida test sinovlari musbat natijani ko‘rsatdi. Shu boisdan 9-10 iyul kunlari markaz to‘liq dizenfeksiya tadbirlarini o‘tkazish uchun vaqtincha yopildi. Laboratoriyada ishlovchi xodimlar uy karantiniga olingan», deyiladi viloyat SEOM xabarida.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid