O‘zbekiston | 09:58 / 15.07.2020
18865
2 daqiqa o‘qiladi
Abituriyent–2020: Qariyb 1 million abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi
2020 yil 14 iyul kuni yakunlari bilan respublika bo‘yicha jami 938 ming 952 nafar (ular orasida shu yilgi bitiruvchilar - 418 558 nafar) abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.
Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabar qilmoqda.
Shundan, ta'lim shakli bo‘yicha:
- kunduzgi — 551 257 nafar;
- sirtqi — 368 916 nafar;
- kechki — 18 779 nafar.
Hududlar miqyosida:
- Toshkent shahri — 254 059 nafar;
- Samarqand viloyati — 92 014 nafar;
- Andijon viloyati — 74 278 nafar;
- Farg‘ona viloyati — 73 815 nafar;
- Qashqadaryo viloyati — 61 085 nafar;
- Surxondaryo viloyati — 57 903 nafar;
- Namangan viloyati — 51 689 nafar;
- Toshkent viloyati — 50 170 nafar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 49 228 nafar;
- Jizzax viloyati — 44 436 nafar;
- Buxoro viloyati — 39 382 nafar;
- Xorazm viloyati — 35 498 nafar;
- Navoiy viloyati — 28 504 nafar;
- Sirdaryo viloyati — 26 891 nafar.
Tillar kesimida:
- o‘zbek tilida — 825 036 nafar (88,3 foiz)
- rus tilida — 87 071 nafar (9,2 foiz)
- qoraqalpoq tilida — 24 787 nafar (2,3 foiz)
- boshqa tillarda — 2 058 nafar (0,2 foiz).
Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar:
- Samarqand davlat universiteti — 50 434 nafar;
- Andijon davlat universiteti — 40 656 nafar;
- Qarshi davlat universiteti — 36 981 nafar;
- Namangan davlat universiteti — 34 922 nafar;
- Toshkent davlat pedagogika universiteti — 34 452 nafar.
Eslatib o‘tamiz, abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20 iyuliga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi
15:07 / 03.11.2023
Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi
15:01 / 21.09.2023
Maksimal ball to‘plab kontraktga kirgan talabalar grantga o‘tkaziladi
08:22 / 12.09.2023