Jahon | 22:55 / 15.07.2020
12879
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Turkiya Ozarboyjonni Armaniston bilan ixtilofda qo‘llab-quvvatlashini aytdi 

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an uning davlati Ozarboyjonning huquq va yeriga har qanday tajovuzga qarshi chiqishini ma'lum qildi. 

“Turkiya Armaniston tomonidan do‘st va qardosh Ozarboyjonga qilingan hujumlarni qat'iyan qoralaydi”, deb izoh bergan Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida chegarada yuz berayotgan to‘qnashuvlarga Erdo‘g‘an.

Uning ta'kidlashicha, Turkiya “Tog‘li Qorabog‘ va unga yondosh hududlar okkupatsiyasi davom etishi bilan bog‘liq keskinlik ortida arman tomonining tizimli va aqlsiz hujumlari” katta ko‘lamli qarama-qarshilikka olib kelishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.

“Arman tomonining og‘ir qurol qo‘llagan holda sodir etgan oxirgi hujumlari Ozarboyjonning bosib olingan yerlari bilan tutashish chizig‘ida emas, balki bevosita ikki davlat chegarasida yuz bergan. Ya'ni gap chegarani buzish yoki to‘qnashuvlar haqida emas, balki Ozarboyjonga nisbatan qasddan ochiqcha tajovuz qilish haqida bormoqda”, deb aytgan Erdo‘g‘an.

Turkiya prezidentining ta'kidlashicha, bu “Armaniston darajasida amalga oshirilmayotgan” harakatlardir. U Turkiya Ozarboyjonni har qanday tajovuzga qarshi qo‘llab-quvvatlashga va'da bergan. 

Shuningdek, Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar ham Ozarboyjonni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

“Biz arman tomonining hujumlarini qat'iyan qoralaymiz. Ozarboyjon dardi – bizning ham dard. Biz qardosh xalqqa hamdardlik va halok bo‘lganlar yaqinlariga ta'ziya bildiramiz”, deb aytgan Akar.

Vazirning ta'kidlashicha, “Turkiya va uning armiyasi Ozarboyjonni uning bosib olingan yerlari, jumladan Tog‘li Qorabog‘da Armaniston tajovuziga qarshi kurashda oxirigacha qo‘llab-quvvatlashga tayyor”.

12 iyulda Ozarboyjon-Armaniston chegarasida jangovar harakatlar boshlangan. Ikki davlat bu ixtilof boshlanishida bir-birini ayblamoqda. Ikkala tomondan ham o‘nlab odamlar halok bo‘lgani ma'lum qilinmoqda.

Mavzuga oid