O‘zbekistondagi shakar ishlab chiqaruvchi ikki yirik korxona yopildi
Joriy yilda import shakarga o‘rnatilgan bojxona boji va aksiz solig‘i bekor qilinishi natijasida mahalliy bozor nisbatan arzon narxdagi Rossiya shakari bilan to‘lgan.
“Angren shakar” MChJ va “Xorazm shakar” MChJlar rasman ish faoliyatini to‘xtatganini e'lon qildi.
“Angren-shakar” MChJ matbuot xizmatining bildirishicha, bunga xomashyo zaxirasining tugaganligi sabab bo‘lgan.
“Xorijiy hamkorlar xomashyo yetkazib berishni to‘xtatdi, boisi shakar zavodlarimizning bankrotlik yoqasiga kelib qolganidir. Chunki ikki korxona omborlari tayyor mahsulot bilan to‘lib bo‘ldi. Mahalliy shakar ishlab chiqaruvchilarimiz bozordagi raqobatga bardosh bera olmayapti. Bozorlarni import shakar egallab bo‘ldi”, dedi u.
Qayd etilishicha, joriy yilda import shakarga o‘rnatilgan bojxona boji va aksiz solig‘i bekor qilinishi natijasida mahalliy bozor nisbatan arzon narxdagi Rossiya shakari bilan to‘lgan.
Ma'lumot berilishicha, “Angren shakar” MChJ va “Xorazm shakar” MChJda jami 2 ming kishi mehnat qilgan.
Mavzuga oid
20:29 / 22.11.2024
Xorazmga 2025 yilda 1,5 milliard dollar investitsiya jalb etish rejalashtirildi
18:04 / 18.11.2024
Urganch shahriga 50 ta zamonaviy avtobus keltirildi
12:07 / 09.11.2024
Xorazmda mevaga kira boshlagan intensiv bog‘ buzib tashlandi
15:55 / 05.11.2024