Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yengil avtomobil ehtiyot qismlarini bojxonadan yashirincha olib o‘tish rejasi ish bermadi
Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati bojxona qonunchiligining buzilishi bilan bog‘liq yangi holatlar bo‘yicha ma'lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi «Daut-ota» chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro J.J. boshqaruvidagi «DAF» rusumli yuk avtotransport vositasi postdagi inspeksion ko‘rik majmuasi yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada, mazkur avtotransport vositasiga tegishli yo‘l yuk hujjatlarida ko‘rsatilmagan, avtotransport vositasiga xufyona yashirilgan, umumiy qiymati 75,6 million so‘mlik jami 779 dona yengil avtotransport vositasi ehtiyot qismlari mavjudligi aniqlandi.

Yana bir holatda, ushbu postga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro R.J. boshqaruvidagi «DAF» rusumli yuk avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, avtotransport vositasida bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 7,6 million so‘mlik 153 konvalutada jami 3825 dona «Konkor» nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Bu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025