O‘zbekiston | 22:45 / 16.07.2020
18725
2 daqiqa o‘qiladi

OTMlarga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 1,1 millionga yaqinlashdi

Foto: KUN.UZ

2020 yil 16 iyul soat 18:00 holatiga, respublika bo‘yicha jami 1 090 397 nafar (joriy yilgi bitiruvchilar 459 ming 61 nafar) abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Shundan, ta'lim shakli bo‘yicha:

  • kunduzgi – 624 895 nafar;
  • sirtqi – 442 297 nafar;
  • kechki – 23 205 nafar.

Hududlar miqyosida:

1. Toshkent shahri – 295 703 nafar;

2. Samarqand viloyati – 104 857 nafar;

3. Farg‘ona viloyati – 85 159 nafar;

4. Andijon viloyati – 78 628 nafar;

5. Qashqadaryo viloyati – 71 481 nafar;

6. Surxondaryo viloyati – 67 004 nafar;

7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 59 388 nafar;

8. Namangan viloyati – 58 947 nafar;

9. Toshkent viloyati – 57 888 nafar;

10. Jizzax viloyati – 52 109 nafar;

11. Buxoro viloyati – 47 013 nafar;

12. Xorazm viloyati – 42 491 nafar;

13. Navoiy viloyati – 33 960 nafar;

14. Sirdaryo viloyati – 31 172 nafar.

Tillar kesimida:

  • o‘zbek tilida – 956 892 nafar (87,8 foiz);
  • rus tilida – 100 574 nafar (9,2 foiz);
  • qoraqalpoq tilida – 30 585 nafar (2,8 foiz);
  • boshqa tillarda – 2 346 nafar (0,2 foiz).

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar:

  • Samarqand davlat universiteti – 57 118 nafar;
  • Andijon davlat universiteti – 45 472 nafar;
  • Qarshi davlat universiteti – 42 888 nafar;
  • Namangan davlat universiteti – 39 577 nafar;
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti – 39 047 nafar.

Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20 iyuliga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Mavzuga oid