Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tez yordam» xodimlari qo‘shimcha rag‘batlantiriladi
20 iyul kuni Vazirlar Mahkamasining «Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash davrida aholini tez tibbiy yordam xizmati bilan keng qamrab olish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil 20 iyuldan koronavirus epidemiyasi davrida normativga qo‘shimcha ravishda kechayu-kunduz navbatchilik qiladigan 1 nafar tibbiyot xodimi va 1 nafar haydovchidan iborat ixchamlashtirilgan mobil tez tibbiy yordam brigadalari tashkil etiladi, kuchaytirilgan tartib davrida har oy yakuniga qadar barcha tez tibbiy yordam brigadalarida ishlovchi xodimlarning lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar o‘rniga quyidagi miqdorlarda qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari belgilanadi:
- vrach xodimlarga – 2,5 mln so‘m;
- o‘rta tibbiyot xodimlariga – 1,5 mln so‘m;
- haydovchilarga – 1,0 mln so‘m.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi epidemiologik vaziyat, shuningdek, tez tibbiy yordam xizmatiga kunlik chaqiriqlar sonidan kelib chiqib ixchamlashtirilgan mobil tez yordam brigadalarining vaqtinchalik normativlari tasdiqlanadi.
Mavzuga oid
17:50 / 02.12.2020
AQShda tez yordam xizmati inqiroz yoqasida ekanligi aytildi
21:04 / 10.11.2020
Abdulla Azizov: «Bu yil «103» tez tibbiy yordam raqamiga 10 milliondan oshiq murojaatlar kelib tushdi»
13:12 / 02.11.2020
Urgutdagi «tez yordam»ga tez borib bo‘lmayapti. Tor yo‘lni kim kengaytiradi?
14:14 / 07.09.2020