O‘zbekiston | 09:01 / 20.07.2020
3669
2 daqiqa o‘qiladi

Yanvar-iyun oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 100 trln so‘mga yetdi 

2020 yilning yanvar-iyun oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 100,6 trln so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 11,1 trln so‘mga oshdi. Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur'ati 2,6 foizni tashkil etdi.

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar oyiga nisbatan joriy yilning iyun oyida (diskret oy) ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 4,0 trln. so‘mga oshdi va 20,3 trln. so‘mga yetdi. 

2020 yilning ikkinchi diskret choragi yakunlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 50,3 trln. so‘mni tashkil etib, 2019 yilning ikkinchi diskret choragiga nisbatan (48,2 trln. so‘m) hajmi 2,1 trln. so‘mga oshdi. 

Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari jami hajmining o‘sishidagi asosiy omil, moliyaviy xizmatlar 35,9 foizga (ko‘rsatilgan xizmatlar jami hajmining mutlaq o‘sishiga ta'siri 4,1 foiz punkt), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 15,1 foizga (mutlaq o‘sishiga ta'siri 0,5 foiz punkt), ta'lim sohasidagi xizmatlar 11,5 (mutlaq o‘sishiga ta'siri 0,2 foiz punkt), savdo xizmatlari 0,8 foizga (mutlaq o‘sishiga ta'siri 0,1 foiz punkt) o‘sishi hisoblanadi. 2020 yilning yanvar-iyun oylarida jami ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirma narxlardagi o‘sish sur'ati 2,6 foizni tashkil etdi. 

Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari jami hajmining nisbatan pastligiga asosiy omil bo‘lib transport xizmatlarining 9,1 foizga (ularning salbiy ta'siri 1,2 punktga), yashash va ovqatlanish xizmatlari 17,1 foizga (-0,2 punktga), sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar 13,1 foizga, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 9,5 foizga, me'morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar 8,0 foizga, ijara xizmatlari 6,2 foizga pasayishi 0,1 punktga salbiy ta'sir ko‘rsatdi. 

Mavzuga oid