Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda sudyalar va sud tizimi xodimlarining ish haqi oshiriladi
Prezident “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, ortiqcha sud bosqichlarini bekor qilish orqali sud tizimiga “bir sud – bir instansiya” tamoyili joriy etiladi.
Xususan:
sud ishlarini nazorat tartibida ko‘rish instituti tugatiladi;
bir sudda ishlarni ikki bosqichda (birinchi hamda apellyatsiya yoki kassatsiya) ko‘rish amaliyotiga barham beriladi.
Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, 2019 yilning o‘zida ayni bir viloyat sudida birinchi va apellyatsiya (kassatsiya) instansiyasida ko‘rilgan ishlarning 13 mingga yaqini Oliy sudda o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan.
Shuningdek, farmonga muvofiq Moliya vazirligiga sud tizimining sudyalari va xodimlarining moddiy ta'minoti 2021 yil 1 yanvardan boshlab to‘liq Davlat budjetiga o‘tkazish va ularning ish haqini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash topshirilgan.
Mavzuga oid
12:02 / 24.05.2025
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
11:53 / 22.05.2025
Ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi
09:31 / 21.05.2025