Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand davlat tibbiyot institutida zarur tibbiy mutaxassislarni zudlik bilan tayyorlash yo‘lga qo‘yildi
Samarqand davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan zaxira kadrlari tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilindi. Kun.uz muxbiriga ko‘ra, bu haqda institut rektori Jasur Rizayev viloyat hokimligida o‘tgan brifingda ma'lum qilgan.
Jumladan, institut qoshida infeksionist, epidemiolog, virusolog, PZR laboranti, reaminatolog mutaxassislari tayyorlash bo‘yicha 18 soatlik o‘quv kurslari va sikllari tashkil etildi.
Bundan tashqari, vrach-reaminatologlar, tor soha mutaxassislaridan pulmonolog va virusologlarni qayta tayyorlash yuzasidan Samarqand viloyati bo‘yicha 144 soatlik mobil sikllar tashkil etildi.
«Samarqand davlat tibbiyot instituti mutaxassislaridan iborat mobil guruhlar joylardagi tibbiyot muassasalarida ham bo‘lib, bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatmoqda. Oliygohning malakali professorlari viloyat hududidagi tibbiy muassasalar shifokorlari bilan bemorlarni davolash yuzasidan onlayn konsultatsiyalar o‘tmoqda», degan rektor o‘z chiqishida.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025