Jamiyat | 08:13 / 25.07.2020
7330
2 daqiqa o‘qiladi

Ish haqi va maxsus ustamani o‘z vaqtida olmagan tibbiyot xodimlari uchun ishonch telefoni ishga tushirildi

Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda faol ishtirok etayotgan, ammo belgilangan ish haqi va maxsus ustamalarini o‘z vaqtida olmagan tibbiyot xodimlari uchun ishonch telefoni yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabariga ko‘ra, tibbiyot xodimlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tezkor Shtabning ishonch telefon raqamiga murojaat qilish mumkin: +99871-207-99-84.

Qayd etilishicha, ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha.

Mart oyi oxirlarida koronavirusga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini rag‘batlantirishga oid prezident qarori e'lon qilindi.

Qarorga asosan, koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan obektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan qator toifa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun quyidagi miqdorlarda (soliqlardan tashqari) maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilandi:

vrachlar va vrach-laborantlarga 25 million so‘m;

o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga 15 million so‘mdan;

kichik tibbiyot xodimlariga 10 million so‘mdan;

boshqa xodimlarga 5 million so‘mdan.

Mavzuga oid