Jahon | 00:00 / 26.07.2020
24295
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada samolyot uylar ustiga quladi. Qurbonlar bor

Foto: AFP

Germaniyada samolyot turar-joy binosi ustiga qulab tushishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida bir nafar bola ham borligi aytildi.

Germaniyaning Vezel shahridan uchib o‘tayotgan kichik samolyot turar-joy binosiga qulab tushgan. Oqibatda uyning tom qismi vayron bo‘lib, kamida uch kishi halok bo‘lgan. Bu haqda shahar politsiyasi ma'lumotlariga tayanib Focus Online nashri xabar bergan.

Nashrning yozishicha, voqea joyida parashyut topilgan. Taxminlarga ko‘ra, samolyot favqulodda qo‘nishga harakat qilgan. Halokat sababi hozircha noma'lum. Halok bo‘lganlar ekipaj a'zolarimi yoki uylarda yashovchi odamlarmi – hozircha aniq emas.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid