Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkor ustavda ko‘rsatilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar importi bilan shug‘ullanishi mumkinmi?
Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati rahbari Sevara Zokirova tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli va buning uchun ta'sis hujjatlariga o‘zgartirish kiritish talab etilmasligini eslatib o‘tdi. Bu haqda «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunning 8-moddasida ta'kidlangan.
«Bunda, asosiy faoliyat turi yil yakunida soliq hisobotlariga ko‘ra statistika organlari tomonidan o‘zgartirib qo‘yilishi mumkin», - deydi u.
Zokirova AOKA qoshida tashkil etilgan shtab brifingida dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish hamda import qilish sohasidagi yengilliklarga ham to‘xtalib o‘tdi.
«Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 iyuldagi 449-son qaroriga ko‘ra, ayrim tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar import qilinganda va ishlab chiqarilgan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan va majburiy sertifikatsiya qilinmasdan, ayrim dori vositalari esa 5 kunlik muddatda sertifikatlashtirish hisobiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan realizatsiya qilinishi mumkinligi belgilandi. Albatta, odamlar sog‘ligiga putur yetkazmaslik uchun qat'iy talablar mavjud. Hujjat matni bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin», - deydi u.