O‘zbekiston | 08:07 / 28.07.2020
8114
2 daqiqa o‘qiladi

Bolalar koronavirusni asosan alomatsiz yoki yengil shaklda o‘tkazadi. Ularga ko‘proq suyuqlik va bolalar paratsetamoli berish zarur - Oqilov

Bolalarda faqat tumov, isitma ko‘tarilishi, tomoq qirilishi, ich qotishi kabi alomatlar kuzatilishi mumkin. 

AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi shtab a'zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda koronavirus infeksiyasini davolash va kasallikning oldini olish bo‘yicha savollarga javob qaytarildi.

Habibulla Oqilovning so‘zlariga ko‘ra, bolalar bilan yaqin aloqada infeksiya yuqtirishdan saqlanishning imkoni yo‘q. 

“Agar izolyatsiyalanish imkoniyatingiz bo‘lmasa, bolalar ham infeksiya yuqtirishlari ehtimoli katta. Chunki virusning yuqumliligi o‘ta yuqori.

Hatto muntazam himoya choralari: qo‘lni sovunlab yuvish, niqob taqish, sanitayzerlar, tuzli eritmalar ham bitta joyda bo‘lganda infeksiya yuqishidan himoya qila olmaydi.

Shu o‘rinda unutmaslik kerak, bolalar COVID-19’ni asosan simptomlarsiz yoki yengil shaklda o‘tkazishadi”, - dedi u. 

Koronavirusga qarshi shtab a'zosining bildirishicha, bolalarda faqat tumov, isitma ko‘tarilishi, tomoq qirilishi, ich qotishi kabi alomatlar kuzatilishi mumkin. Biroq aksariyat holatlarda bolalar o‘zlarini yaxshi his qilishadi va kattalarga qaraganda kuchli lohaslik yoki ishtaha yo‘qolishi kabi belgilar kuzatilmaydi.

Alomatlar paydo bo‘lganda simptomatik davolash: suyuqlik ichirib bolani terlatish, burunni tuzli eritmada chayish, isitma 38,5dan yuqori  ko‘tarilganda - bolalar paratsetamoli berish zarur, deyilgan ma'lumotda. 

Mavzuga oid