Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Kobalt» va tez yordam mashinasi ishtirokidagi YTHda bir kishi vafot etdi
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 26 iyul kuni Namangan shahrida yashovchi fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan «Kobalt» rusumli avtomashinani maxsus stiker orqali Olmazor ko‘chasida boshqarib ketayotgan bo‘lgan.
Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u harakat xavfsizligini ta'minlay olmay qarama-qarshi tomondan kelayotgan «Damas» rusumli tez yordam mashinasiga borib urilgan.
Natijada, «Kobalt» haydovchisi ko‘krak qafasi yumshoq to‘qimasi lat yeyishi bilan shikastlangan. Tez yordam mashinasi haydovchisi esa og‘ir qo‘shma shikast, bosh miya yopiq shikasti, o‘ng oyoq son suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Tez yordam avtomashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro og‘ir tan jarohati olib, ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025