Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailandga kirib kelgan barcha xorijliklar ikki haftalik karantinga joylashtiriladi
Tailandda ikki oydan buyon Covid-19 yuqtirish holati qayd etilmagan. Ammo xorijdan kelganlar orasida ikki haftalik karantin davomida kasallikka chalinganlar aniqlanmoqda.
Tailandga kirib kelgan barcha xorijliklar ikki haftalik karantinni o‘tashlariga to‘g‘ri keladi, deb xabar bermoqda The Thaiger nashri.
Xabarda aytilishicha, Tailand turizm va sport vaziri Pipat Ratchakitprakan maqomi va fuqaroligidan qat'i nazar barcha xorijliklar 14 kunlik majburiy karantinga joylashtirilishini ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qoida "yaqin kelajak" davomida amal qiladi.
Vazir Vetnamning Danang shahridan 80 ming nafar turist evakuatsiya qilinishi to‘g‘risidagi xabardan so‘ng bu haqda aytgan.
Tailandda ikki oydan buyon Covid-19 yuqtirish holati qayd etilmagan. Ammo xorijdan kelganlar orasida ikki haftalik karantin davomida kasallikka chalinganlar aniqlanmoqda.
Keyingi kunlarda dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida kasallik yuqtirish holatlari o‘sishi kuzatilmoqda.
Mavzuga oid
23:57 / 02.05.2025
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
19:45 / 28.04.2025
Tailandga boradiganlar uchun yangi talab joriy etildi
17:41 / 25.04.2025
Tailand politsiyasiga tegishli samolyot qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
20:02 / 18.04.2025