O‘zbekiston | 19:33 / 29.07.2020
4689
1 daqiqa o‘qiladi

Boeing afsonaviy «bukri» samolyotini ishlab chiqarishni to‘xtatadi

Boeing kompaniyasi afsonaviy «bukri» Boeing 747 avialaynerini ishlab chiqarishni 2022 yildan boshlab to‘xtatadi.

Foto: Reuters

«Bozordagi joriy dinamika va istiqboldan kelib chiqib, afsonaviy 747 samolyotini ishlab chiqarishni 2022 yilda to‘xtatamiz», - deyiladi kompaniya bayonotida.

Boeing 747 samolyoti ilk marotaba 1969 yilda havoga ko‘tirldi. 1970 yildan ommaviy tarzda foydalana boshlandi. Shu paytgacha kompaniya uning 1,5 mingdan ortiq turli xil modifikatsiyalarini ishlab chiqargan.

So‘nggi yillarda Boeing 747 samolyotiga bo‘lgan talab tushib ketdi. Bloomberg agentligi xabariga ko‘ra, avialayner yo‘lovchilar orasida mashhur bo‘lsa-da, tejamkorlik talablariga javob bermay qo‘ygan. Natijada, aviakompaniyalar uzoq masofalarga uchuvchi 2 motorli samolyotlarga e'tiborini qaratishgan.

2016 yildan boshlab kompaniya yiliga atigi 6ta Boeing 747-8 samolyotini ishlab chiqarmoqda va ularning har birida 40 mln dollar zarar ko‘rmoqda. Bu samolyotga so‘nggi buyurtma 2017 yilda olingan. U «birinchi raqamli» prezident samolyoti bo‘lishi kutilmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid