Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi
Kengash Davlat dasturlariga gender yondashuvlarni joriy etish yo‘li bilan gender tenglikka ko‘maklashadi va qonun ijodkorligi faoliyatining barcha bosqichlarida gender tahlilni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi huzurida Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi Kengash tuzildi.
Muvofiqlashtiruvchi Kengash doimiy faoliyat yurituvchi maslahat organi bo‘lib, davlat va xususiy sektor o‘rtasida hamkorlik mexanizmlarini kuchaytirish, shuningdek taraqqiyot bo‘yicha hamkorlar va fuqarolik jamiyati bilan xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha ochiq muloqotni ta'minlash uchun ekspertlik, axborot va maslahat ta'minoti uchun tashkil etildi.
Kengashning asosiy maqsadi Davlat dasturlariga gender yondashuvlarni joriy etish yo‘li bilan gender tenglikka ko‘maklashish va qonun ijodkorligi faoliyatining barcha bosqichlarida gender tahlilni amalga oshirishdan iborat.
Shuningdek, yangi tuzilma Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Mavzuga oid
14:29 / 17.03.2025
Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi
08:10 / 25.09.2024
Kasbiy malaka respublika kengashiga bosh vazir raislik qiladi
07:40 / 12.09.2024
Kozim To‘laganov Qurilish sohasi faxriylari kengashi raisi etib tayinlandi
11:35 / 03.08.2024