Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQShning Germaniyadagi qo‘shinlari soni nima uchun qisqartirilayotganiga tushuntirish berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Germaniyadagi Amerika qo‘shinlari soni nima uchun qisqartirilayotganiga izoh berdi.
"Germaniya NATOga YaIMning ikki foizini to‘lashga shoshilmayapti. Shuning uchun Germaniyadagi qo‘shinlarimizning bir qismini olib chiqib ketmoqdamiz", - deb yozdi Oq uy rahbari o‘zining Twitter sahifasida.
U shu bilan birga, GFR Rossiyadan ko‘p miqdorda energiya sotib olayotganini tanqid qildi.
"Germaniya Rossiyaga har yili energiya uchun milliardlab dollar to‘laydi, biz esa Germaniyani Rossiyadan himoya qilishimiz kerak. Buni qanday tushunish mumkin?" – deb yozdi Tramp.
Avvalroq Vashington AQShning Yevropadagi qo‘mondonligi qarorgohini Shtutgartdan Belgiyaning Mons shahriga ko‘chirishini ma'lum qilgandi.
Shu bilan birga, AQSh mudofaa vaziri Mark Esperning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyadan 11 900 nafar amerikalik harbiy olib chiqib ketiladi.
5600 nafar harbiy NATOga a'zo boshqa mamlakatlarga ko‘chiriladi, 6400 nafari esa AQShga qaytadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
11:00 / 28.05.2025