O‘zbekiston | 17:35 / 01.08.2020
50865
1 daqiqa o‘qiladi

Toyloq tumani prokurori vafot etdi

Samarqand viloyati Toyloq tumani prokurori, adliya maslahatchisi Farhod Abduxoliqov 1 avgust kuni 58 yoshida vafot etdi.

Kun.uz muxbiri olgan ma'lumotga ko‘ra, Farhod Abduxoliqov uzoq yillar oshqozon xastaligi bilan og‘rib kelgan.

O‘zA xabariga ko‘ra, marhumda biroz avval koronavirus aniqlangan.

Bosh prokuratura prokuror vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga ta'ziya izhor qildi.

Ma'lumot uchun, Farhod Mo‘sinovich Abduxoliqov 2018 yildan buyon Toyloq tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan.

Mavzuga oid