Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda er «xotinidan qasd olish» uchun 2 o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirdi
Samarqand viloyatida yashovchi erkak Rossiyaga ishlash uchun ketgan xotinining begona erkaklar bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani tasvirlangan videoni ko‘rib, undan qasd olish uchun 8 va 6 yoshli o‘g‘illarini o‘ldirgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibining Kun.uz’ga ma’lumot berishicha, hodisa bugun 2023 yil 17 may kuni soat 03:00 larda sodir bo‘lgan.
Toyloq tumanida yashovchi 39 yoshli erkak Rossiyaga ishlash uchun ketgan rafiqasining begona shaxslar bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani tasvirlangan videoni ko‘rib, u bilan telefon orqali janjallashgan.
So‘ng, u xotinidan qasd olish maqsadida yashash uyida uxlab yotgan 2015 va 2017 yillarda tug‘ilgan ikki o‘g‘lini qasddan o‘ldirgan. Jinoyatni sodir etib bo‘lgach tuman IIBga kelib bu haqida ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” va “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
14:57 / 09.05.2025
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 6 kishi halok bo‘lgan
19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi
16:15 / 06.05.2025