Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amazon sun'iy yo‘ldosh internet tarmog‘ini yaratish uchun 10 mlrd dollardan ortiq sarmoya kiritadi
Tarmoq dunyoning uzoq nuqtalarini yuqori tezlikdagi keng polosali aloqa bilan ta'minlaydigan 3,2 mingta sun'iy yo‘ldoshni o‘z ichiga oladi.
Amazon kompaniyasi Kupier brendi ostida sun'iy yo‘ldosh internet tarmog‘ini yaratish uchun 10 mlrd dollardan ortiq sarmoya kiritadi. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
Tarmoq dunyoning uzoq nuqtalarini yuqori tezlikdagi keng polosali aloqa bilan ta'minlaydigan 3,2 mingta sun'iy yo‘ldoshni o‘z ichiga oladi.
Qayd etilishicha, Kupier sun'iy yo‘ldoshlarining birinchi yarmi 2026 yil o‘rtalarida, qolgan yarmi esa 2029 yil o‘rtalarida uchiriladi. Kompaniya hozirda ushbu loyihani amalga oshirish uchun 110 kishini ishga olmoqda.
The Telegraph nashrining yozishicha, sun'iy yo‘ldosh interneti sohasida Amazon kompaniyasiga OneWeb kompaniyasi raqobatchi bo‘lishi mumkin. Ammo u koronavirus pandemiyasi sababli Softbank kompaniyasining 2 mlrd dollar mablag‘ini jalb eta olmagani uchun mart oyida bankrot bo‘lganini e'lon qilgandi.
Avvalroq 2019-2020 moliyaviy yilning 3-choragi bo‘yicha Amazon kompaniyasining tushumi 40 foizga oshib, 88,91 mlrd dollarga yetgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:23 / 12.05.2025
Amazon 20 yil ichida kompaniya logotipini birinchi marta o‘zgartirdi
20:44 / 07.05.2025
8 yoshli bola onasining telefonidan 70 ming dona konfet buyurtma qildi
13:24 / 30.04.2025
Oq uy Amazon'ning boj miqdorlarini oshkor etish rejalarini tanqid qildi
07:50 / 29.04.2025