Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi tayinlandi
O‘zbekistonning Avstriyadagi diplomatik missiyasini Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig‘i sifatida ishlab kelgan Abat Fayzullayev boshqaradigan bo‘ldi. Avvalroq Avstriyadagi sobiq elchi Sherzod Asadov tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimini egallagandi.
Oliy Majlis Senati Kengashining qarori bilan, ilgari Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlagan Abat Fayzullayev O‘zbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
37 yoshli yangi elchi Nukus shahrida tug‘ilgan. U 2000-2007 yillar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro munosabatlar fakultetida bakalavriat va magistratura dasturlari bo‘yicha tahsil olgan, 2009 yil esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro iqtisodiy munosabatlar mutaxassisligi bo‘yicha sirtqi bo‘limini tugatgan. Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida turli lavozimlarda ishlagan.
Fayzullayev 2019 yil yanvarida tashqi ishlar vaziri yordamchisi – TIVning Tashkiliy nazorat boshqarmasi boshlig‘i sifatida ish boshlagan edi.
Abat Fayzullayev respublikaning Avstriyadagi sobiq elchisi, O‘zbekistonning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda Venadagi boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Sherzod Asadovning o‘rnini egallaydi.
Sherzod Asadov shu yilning mart oyida tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi oylarda Qirg‘iziston, Ukraina, Hindiston va Isroil davlatlarida O‘zbekistonning yangi elchilari faoliyat boshladi.
O‘zMTRKning sobiq raisi Xurshid Mirzohidov Qirg‘izistonda, Senatning xalqaro munosabatlar bo‘yicha qo‘mitasining sobiq raisi Alisher Kurmanov Ukrainada, tashqi ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Dilshod Axatov Hindistonda, TIV bosh boshqarmasida ishlab kelgan Feruza Mahmudova Isroilda O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalariga rahbarlik qila boshladi.
Mavzuga oid
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
16:03 / 17.05.2025
O‘zbekiston elchisi Norvegiya qiroliga ishonch yorlig‘ini topshirdi
15:39 / 07.05.2025
“Geosiyosiy muammolarni deb o‘zbek mevalarini istaganimizcha ololmayapmiz” – Hindiston elchisi qarorgohidan eksklyuziv suhbat
14:16 / 07.05.2025