Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda plastik kartalardan o‘g‘rilik sodir etgan shaxs sud oldida javob beradi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 29 may kunidan 9 iyun kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida 20 yoshli I.M. Toshkent shahridagi “Qo‘yliq dehqon bozori” hududida o‘rnatilgan bankomat yonida bo‘la turib, mazkur bankomat yoniga plastik kartadagi pulni naqdlashtirish maqsadida kelgan jami 7 nafar fuqaroga pullarni naqdlashtirishda yordam berishini aytgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, bu shaxs ulardan plastik kartasini olib, pullarni naqdlashtirish jarayonida plastik kartaga ulanish SMS xabarnomasini o‘zining uyali telefon raqamiga yashirincha o‘rnatib, plastik karta raqami va kodini uyali aloqa vositasiga saqlab olib, mazkur fuqarolarning plastik kartasi hisobida mavjud bo‘lgan jami 10.497.410 so‘m pul mablag‘larini yashirin ravishda egallab o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB 2-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida, I.M. ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan va lozim bo‘lgan ehtiyot chorasi tanlangan. Tergov harakatlari yakuniga ko‘ra, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishliligi bo‘ycha sudga yuborilgan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025