Jamiyat | 07:57 / 04.08.2020
6660
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda yuz bergan YTH oqibatida bir kishi vafot etdi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Joriy yilning 25 iyul kuni soat 19:30larda Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hududidan o‘tuvchi 4R-65 avtomobil yo‘lining 3-kilometrida Qiziltepa tumani Arabxona MFYda yashovchi shaxs o‘z boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtomashinada o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Qiziltepa tumani Konsurun mahallasida yashovchi piyodani urib yuborgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, natijada fuqaro og‘ir tan jarohati olib, kasalxonada vafot etadi.
        
Dastlabki tekshiruvlar natijasida fuqaroning boshqaruv huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi ham yo‘qligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 
        
“Avtomashina boshqarishda yetarlicha tajribaga ega bo‘lmaslik kimningdir bu dunyoni erta tark etishiga sabab bo‘lishi mumkinligi, shu sababli har bir inson rul boshqaruviga o‘tirar ekan, boshqa harakat ishtirokchilarining salomatligiga javobgarlik hissini ko‘ngildan o‘tkazishini so‘ragan bo‘lardik. Zero, avtohalokatlarning bosh sababi yo‘l qoidalariga amal qilmaslik yoki ularni bilmaslik ekanini unutmang!” - deyiladi ma'lumotda. 

Mavzuga oid