Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida energiya tejamkor elektr stansiya quriladi
2020-2023 yillarda Quyi Chirchiq tumanida investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilandi.
2020 yil 29 iyul kuni prezidentning «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida elektr energiyasi ta'minoti barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4791-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020-2023 yillarda Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida «Yangi 500 kV kuchlanishli «Halqa» nimstansiyasi hamda 220 kV va 500 kV kuchlanishli havo elektr tarmoqlarini qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilandi.
Loyiha doirasida quvvati 1400 MVA bo‘lgan 500/200/10 kV kuchlanishli, yillik elektr energiyasini taqsimlovchi zamonaviy energiya tejamkor nimstansiya qurilishi, umumiy uzunligi 410 km elektr uzatish tarmoqlari qurilishi ko‘zda tutilmoqda.
Qarorga ko‘ra, loyihani amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari mablag‘lari jalb etilishi hamda loyiha doirasida xalqaro tender savdolari o‘tkazilishi belgilandi, deyiladi «O‘zbekiston MET» AJ axborot xizmati.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025