Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzordagi xonadondan 40 000 000 so‘m pulni o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi
Xonadondan pul o‘g‘irlaganlikda gumonlanuvchi shaxs Chilonzor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Joriy yilning 23 iyul kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani ichki ishlar organlariga 32 yoshli D.B. murojaat etib, uning xonadonidan pul o‘g‘irlanganligi haqida ma'lum qilgan. Bu haqda IIV xabar bermoqda.
D.B.ning so‘zlariga qaraganda o‘sha kuni soat 16:30 va 19:00 oralig‘ida uyda hech kim yo‘qligidan foydalangan shaxs xonalardan birida turgan va ichida 40.000.000 so‘m bo‘lgan sumkani o‘g‘irlab ketgan.
Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi («O‘g‘rilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Ko‘rilgan choralar davomida xodimlar o‘g‘rilikda gumonlanuvchi shaxsni aniqlab, Qashqadaryo viloyatidan bo‘lgan, muqaddam sudlangan 25 yoshli T.U.ni qo‘lga olishdi.
Mavzuga oid
20:18 / 12.05.2025
Toshkentdagi maktab o‘qituvchisi o‘quvchilarga «Katyusha» yodlatgani xabar qilindi
11:18 / 22.04.2025
“5 ta mashina bilan to‘qnashgan” – Toshkentda YPXdan qochgan qora Gentra bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi
10:28 / 21.04.2025
Toshkentda 10 dan ortiq mashinani urib ketgan Gentra'da bo‘lgan 3 kishi qamaldi
17:33 / 20.04.2025