Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda karantin yumshatilmoqda: ertadan mashinalar stikersiz harakatlanishi mumkin, oshxona va bog‘chalar ochilmoqda
Samarqand viloyati hududida 12 avgustdan karantin cheklovlarini yumshatish boshlanadi. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov viloyat aholisiga qilgan navbatdagi murojaatida ma'lum qilgan.
Turdimovning aytishicha, 12 avgustdan Samarqandda ovqatlanish shoxobchalarining faoliyati tiklanadi. Ularning faoliyati 08:00dan 20:00gacha tashkillashtiriladi. Kafelarda stollar orasi 2 metrdan kam bo‘lmagan holda joylashtiriladi, banketlar va ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlanadi. Oshxonalardagi bitta stolda 4 kishidan ko‘p odam o‘tirmaydi, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishadi.
12 avgustdan Samarqandda barcha turdagi avtotransport vositalarining stikers va maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishiga ruxsat beriladi.
Shuningdek, Samarqandda nooziq-ovqat buyumlar chakana savdosiga, zargarlik do‘konlar faoliyatiga, sartaroshlik va go‘zallik salonlari, mehmonxonalar faoliyatiga (hostel va mehmon uylari bundan mustasno) ruxsat beriladi. Sport seksiyalari, ochiq sport inshootlari, fitness klublar, ta'lim markazlari, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati qat'iy karantin qoidalariga amal qilgan holda tiklanadi. Barcha faoliyati tiklangan korxonalar ish jarayoni SEOM xodimlari tomonidan nazorat qilinadi.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025