Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya o‘z tadqiqot kemasini himoyalash uchun O‘rta yer dengiziga harbiy kemalar jo‘natdi
Turkiya harbiy-dengiz kuchlarining 5 harbiy kemasi O‘rta yer dengiziga neft va gaz qidirish uchun kirgan Oruç Reis seysmogeologik razvedka kemasini qo‘riqlash uchun jo‘natildi. Bu haqda Turkiya mudofaa vazirligida ma'lum qilindi.
Turkiya harbiy-dengiz kuchlari Turkiyaning bu hududdagi huquq va manfaatlarini xalqaro huquq me'yorlariga muvofiq holda himoyalashini ma'lum qildi.
Oruç Reis kemasi O‘rta yer dengizida uglevodorod konlarini qidirish maqsadida Kipr yaqiniga kelgan. Gretsiya bunday harakatlardan norozilik bildirgan. Turkiya bunga javoban O‘rta yer dengizidagi har qanday holatga qat'iy javob berishga tayyorligini ma'lum qilgan. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an esa O‘rta yer dengizi davlatlariga bahsni hal qilish uchun barchaga maqbul bo‘ladigan yechimni topishni taklif qilgan.
Avvalroq Turkiya Gretsiyaning noroziligiga qaramay, O‘rta yer dengizida shelfni burg‘ilashga qaror qilgan.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025