Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Arsenal» yana Fransiyadan futbolchi olmoqchi, Perishichga Angliyadan takliflar bor. So‘nggi transfer xabarlari
Tribuna.uz kunning asosiy transfer yangiliklarini taqdim etadi.
«Chelsi» markaziy himoyachi Lyuis Dank yuzasidan kelishuvga erishdi. «Brayton»ning 28 yoshli futbolchisi uchun londonliklar 40 million funtdan voz kechishlari mumkin. O‘tgan mavsumda himoyachi 36 o‘yinda maydonga tushdi, 3 gol urib, 3 marta sheriklariga golli uzatma amalga oshirdi. Dank uchun Londonning boshqa klubi «Tottenhem» ham da'vogarlik qilayotgandi. (Manba: Sun Sport)

«Atalanta» «Lokomotiv»ning hujumkor yarimhimoyachisi Aleksey Miranchuk uchun raqobatda «Milan»ni dog‘da qoldirmoqda. Italiya matbuoti ushbu transfer summasini 15 million yevro atrofida baholayapti. Aytilishicha, tomonlar shu kunlarda bir stol atrofida yig‘ilib, 24 yoshli futbolchi uchun yakuniy to‘xtamga keladilar. (Manba: Calciomercato)
«Napoli»dan «Everton»ga o‘tishga yaqin turgan Allan yakunda Ispaniyaga ketib qolishi ham mumkin. «Atletiko» 29 yoshli yarimhimoyachi uchun «Everton» taklif qilayotgan 40 million yevroni bera olishlarini ma'lum qildi. Shu bilan birga, madridliklar futbolchiga yaxshiroq maosh taklif qilishlari ham mumkin. Allan o‘tgan mavsumda 23 o‘yinda maydonga tushdi va 2 gol muallifi bo‘ldi. (Manba: Marsa)
«Uotford» darvozaboni Ben Foster uchun «Chelsi» va «Everton» da'vogarlik qilishmoqda. Har ikki klub ham tajribali Fosterni asosiy darvozabonlariga o‘rinbosar sifatida qarashmoqda. «Uotford» APLni tark etdi va 37 yoshli darvozabon shu yozda jamoani tark etmoqchi ekanini ma'lum qilgandi. (Manba: Daily Mail)
«Liverpul» Tiago Alkantara bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan va unga ko‘ra ispaniyalik futbolchi 4 yil Liverpulda to‘p suradi. Tiago allaqachon Angliyada o‘ziga uy topgan va yakuniy muzokaralarni kutmoqda. Transfer summasi dastlab, 30 million yevro baholanayotgandi, ammo «Manchester Siti», «Yuventus» kabi talabgorlar paydo bo‘lgach, 40 million yevro haqida gap bormoqda. (Manba: RMC Sport)

«Verder» Taxit Chong bir yillik ijaraga olinganini rasman e'lon qildi. Bremenliklar «Manchester Yunayted»ning 20 yoshli vingerini 1 mavsumga ijaraga oldi, ammo yakunda sotib olish funksiyasi ko‘zda tutilmagan. (Manba: klub sayti)
«Roma»ning o‘ng qanot literali Alessandro Florensi uchun A Seriyaning bir qator klublari da'vogar bo‘lib turishibdi. 29 yoshli futbolchini «Atalanta», «Yuventus» va «Kalyari» klublari o‘z saflarida ko‘rishmoqchi. O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini Florensi «Valensiya»da ijara asosida o‘tkazgandi, ammo hozirda iqtisodiy inqirozga tushib qolgan ispanlar futbolchini sotib olishni istashmadi. (Manba: Sky Sport Italia)
«Milan» o‘ng qanot himoyachisi Davide Kalabriyaga Andalusiya jamoalari haridor bo‘lishmoqda. Milanliklar 23 yoshli futbolchi uchun kamida 15 millioni yevro olishdan umid qilishyapti. O‘tgan mavsumda Davide 25 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol urdi. (Manba: Sport Mediaset)

«Chelsi»ning sobiq yarimhimoyachisi Jon Obi Mikel futbolchilik faoliyatini tiklashga qaror qildi. Yaqin kunlarda 33 yoshli futbolchi Chempionship a'zosi «Stok Siti» bilan shartnoma imzolaydi. Futbolchining so‘nggi klubi Turkiyaning «Trabzonspor» jamoasi bo‘lgandi va u ushbu klubda pandemiya bilan bog‘liq tanaffusgacha to‘p surgandi. (Manba: Nicolo Schira)
«Bavariya» «Inter» bilan Ivan Perishichni sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Myunxenliklar 31 yoshli xorvat uchun 10-15 million yevro to‘lamoqchi, bir yil oldingi kelishuvda esa, transfer summasi 20 million yevro etib ko‘rsatilgandi. «Bavariya» uchun qiyinchilik tug‘dirishi mumkin bo‘lgan jihat shundaki, Perishichga «Tottenhem» va «Lids» qiziqib turibdi va «Inter»ga yaxshiroq shartlar taklif qilmoqda. «Tottenhem» bosh murabbiyi Joze Mourino futbolchini qay darajada yoqtirishini va ikki yil uni Manchesterga olib kelmoqchi bo‘lgani yaxshi ma'lum. Perishich yakunlangan mavsumni «Bavariya»da ijara asosida o‘tkazdi va 22 o‘yinda qatnashib, 4+6 natija ko‘rsatdi. (Manba: FCInterNews)

«Lill» himoyachisi Gabriel Magalyaesani qo‘lga kiritish uchun «Arsenal» va «Napoli» kurash olib borishyapti. «To‘pchilar» markaziy himoyachi uchun 25 million yevro taklif qilishayotgan bo‘lsa, italiyaliklarning taklifi 3 millionga kam, ammo 22 yoshli futbolchi uchun yaxshiroq shartnoma ilgari surishmoqda. Neapolliklar Gabrielni «Manchester Siti»ga ketishi kutilayotgan Kalidu Kulibalining o‘rinbosari sifatida ko‘rishyapti, «Arsenal»da esa, shundoq ham himoyada muammolar mavjud. (Manba: Nicolo Schira)
Shotlandiyaning «Hars» klubi chap qanot himoyachisi Aaron Hikini «Bavariya», «Seltik», «Bolonya» va «Lion» o‘z safida ko‘rmoqchi. 18 yoshli futbolchi Liga kashfiyotlaridan biri bo‘ldi va 22 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol muallifi bo‘ldi. (Manba: Gianluca Di Marzio)
«Real»ning markaziy yarimhimoyachisi Nacho Fernandes «Benfika»ga o‘tishga yaqin turibdi. Portugaliyaliklar 30 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. O‘tgan mavsumda Nacho La Ligada atigi 6 o‘yinda maydonga tushdi va 1 gol urdi. (Manba: Marsa)
«Bavariya» tayanch yarimhimoyachisi Xavi Martines faoliyatini «Fiorentina»da davom ettirishi mumkin. Nemislar bilan shartnomasi kelasi yili yakuniga yetadigan ispaniyalik futbolchini Italiyaga olib kelish ishlari bo‘yicha Frank Riberi shug‘ullanmoqda. Riberi o‘tgan yili «Bavariya»dan «Fiorentina» tarkibiga o‘tgandi. (Manba: Sky Sport Italia)
«Barselona» YeChLdagi qaqshatkich zarbadan so‘ng, birato‘la 17 futbolchini transferga qo‘ymoqchiligi haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu ro‘yxatda hatto urugvaylik hujumchi Luis Suares ham bor. Agar ushbu futbolchilar borasida klub yaxshi takliflarga ega bo‘lmasa, shartnomani ikki tomonlama bekor qilishga ham rozi. Ma'lumki, muddatidan oldin shartnomasi bekor qilinganda, ba'zi futbolchilar bunday foyda ko‘radilar – erkin agentga aylanganliklari uchun yanada yaxshiroq maosh bilan klub topishlari mumkin. (Manba: Mundo Deportivo)
Mavzuga oid
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
12:27 / 04.05.2025