Sport | 03:17 / 18.08.2020
4935
1 daqiqa o‘qiladi

David Silva «Real Sosedad»ga o‘tdi

Foto: Twitter/RealSociedadEN

«Manchester Siti» bilan shartnomasini uzaytirmay, jamoadan ketgan David Silva La Ligaga qaytdi. Jahon chempioni faoliyatini San-Sebastyanning «Real Sosedad» jamoasida davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy sahifalarida e'lon qilindi.

Ma'lum bo‘lishicha, «Real Sosedad» Silva bilan 2022 yil 30 iyunga qadar shartnoma imzolagan. U yangi jamoasida ham «Manchester Siti»da bo‘lgani kabi 21-raqamda harakat qiladi.

Silva 2010 yil «Valensiya»dan «Manchester Siti»ga o‘tgandi. U 10 yil davomida shaharliklar bilan 4 marta Angliya chempioni bo‘ldi. Shuningdek, 2 marta Angliya Kubogi, 3 marta Angliya superkubogi va 5 marta Liga Kubogini qo‘lga kiritgan. Silva Ispaniya milliy jamoasi safida ikki marta Yevropa chempionati va bir marta jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid