Jahon | 22:23 / 19.08.2020
13412
1 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko bosh vazir va hukumat a'zolarini tayinladi

Belarus hukumati 3 iyun kuni iste'foga chiqarilgandi.

Foto: Reuters

Aleksandr Lukashenko Belarus yangi hukumati tarkibini tasdiqladi.

Mamlakat prezidenti Roman Golovchenkoni hukumat raisi sifatida qoldirdi. Bunda uning nomzodiga parlament quyi palatasi rozilik berishi kerak.

Hukumatda ichki ishlar vaziri Yuriy Karayev, sog‘liqni saqlash vaziri Vladimir Karanik va axborot vazirligi rahbari Igor Lutskiylar o‘z lavozimlarini saqlab qolishdi.

Belarus hukumati 3 iyun kuni iste'foga chiqarilgandi. Lukashenko buni prezident saylovi bilan bog‘liq ekanini aytdi. Yangi bosh vazir sifatida Davlat harbiy-sanoat qo‘mitasi raisi Roman Golovchenko tayinlangandi.

17 avgust kuni Belarus hukumati prezident saylovining g‘olibi deb rasman e'lon qilingan Aleksandr Lukashenko oldida vakolatini topshirdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid